Bu qiziq

Parhezshunos kimlar uchun asal zararli ekanligini aytdi

Parhezshunos qandli diabet va ortiqcha vazndan aziyat chekayotgan odamlarga asalni ko‘p iste’mol qilmaslikni tavsiya qildi
Sputnik
Shifokor-parhezshunos Natalya Kruglovaning aytishicha, ortiqcha vazn va qandli diabetga chalinganlar shakarni ko‘p iste’mol qilmasligi kerak. Chunki asal qo‘shimcha shakar hisoblanadi va kaloriya bo‘yicha ham u shakarga yaqin.
“Qandli diabetga chalinganlarning ko‘pchiligi asalni shakar o‘rnini bosuvchi mahsulot heb hisoblaydi. Aslida unday emas, uning tarkibida ham xuddi shakar kabi kaloriya va oddiy uglevodlar bor”, - deydi u.
Kruglova bunday odamlarga shakarni aniq miqdorda – kuniga bitta choy qoshiqdan ko‘p bo‘lmasligi kerakligini aytdi. Asalni tvorog yoki kasha bilan birgalikda iste’mol qilish mumkin. Chunki ularda ozuqaviy moddalar bo‘lib, asal hazm bo‘lishini sekinlashtiradi.
Shuningdek, allergiyali odamlar ham shakarni ehtiyotkorlik bilan iste’mol qilishi kerak. Bundan tashqari, asal bir yoshga to‘lmagan bolalarga tavsiya etilmaydi. Chunki u ichak kasalliklariga sabab bo‘lishi mumkin.
“Asal umuman issiqlik bilan qayta ishlanmaydi. Katta yoshli bolalarning immun tizimi to‘liq shakllangan bo‘ladi. Asalga ham to‘g‘ri reaksiya bildiradi. Bir yoshga to‘lmagan bolalar uchun esa asal berilmaydi”, - deydi Kruglova.