TOShKENT, 27-iyul — Sputnik. Xitoy “dushmanlar” ro‘yxatida Rossiyadan keyin G‘arbning navbatdagi nishoniga aylanadi, g‘azabga sabab bo‘lgan har qanday davlatga nisbatan sanksiyalar qo‘llanilishi mumkin. Bu haqda Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov ta’kidladi. RIA Novosti
“NATO o‘z dushmanlarini tartib bilan tayinlaydi. Rossiya birinchi raqamli. Xitoy ikkinchi o‘rinda”, dedi u Rossiyaning Addis-Abebadagi elchixonasida xorijiy diplomatlar bilan gaplashar ekan.
“Agar G‘arb kimnidir jazolashga qaror qilsa, barcha tamoyillar buzilishi mumkin. Agar kerak bo‘lsa, ular g‘azabga sabab bo‘lgan har qanday davlatga nisbatan sanksiyalar qo‘llashdan tortinmaydi. Men navbatdagi nishon bo‘ladigan davlat sifatida Xitoyni tilga oldim”, deya qo‘shimcha qildi Lavrov.