TOShKENT, 27-iyul — Sputnik. Buxoro neftni qayta ishlash zavodi sintetik “GTL” naftasining ilk partiyasini qabul qildi.
Aytilishicha, zavodda “GTL” naftasidan avtomobil benzinining mashhur rusumlarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi.
“Buxoro neftni qayta ishlash zavodiga har oyda 5 ming tonna "GTL" sintetik naftasi qabul qilish rejalashtirilgan”, deyiladi xabarda.
Ishlab chiqarilgan mahsulotlar, birinchi navbatda, respublikaning neft mahsulotlariga bo‘lgan ichki ehtiyojlarini qoplash uchun yetkazib beriladi.
Ma’lumot uchun, “GTL” naftasi neft va kimyo sanoati va uning eng muhim jarayoni hisoblangan bug‘li krekingi uchun qimmatbaho xomashodir. Neftni qayta ishlash zavodlarida ishlab chiqarilgan neft negizidagi naftaga nisbatan “GTL” naftasining tarkibida parafinik uglevodorodlar miqdori yuqori, aromatik moddalar miqdori esa – pastdir.
Elatib o‘tamiz, avvalroq “Uzbekistan GTL” zavodidan 10 tonnalik sintetik dizel yoqilg‘isining birinchi partiyasi suv arkalari orqali Navoiy kon-metallurgiya kombinatiga jo‘natilgandi.