Erdog‘an Rossiyaga tashrif buyuradi

Erdog‘an 5-avgust kuni Sochiga bir kunlik tashrif bilan boradi.
Sputnik
TOShKENT, 27-iyul — Sputnik. Turkiya prezidenti Rajab Tayyip Erdog‘an 5-avgust kuni Sochiga tashrif buyurishni rejalashtirmoqda, deya xabar berdi “TRT Haber”.

“Prezident Rajab Tayyip Erdog‘an 5-avgust kuni Sochiga bir kunlik tashrif bilan boradi”, - deyiladi xabarda.

U rossiyalik hamkasbi Vladimir Putin bilan muzokaralar olib borishi kutilmoqda. Ikki davlat rahbarlari Ukrainadagi vaziyat va “mahsulot kelishuvi”ni muhokama qiladi.
Rossiya yetakchisining matbuot kotibi Dmitriy Peskov RIA Novosti agentligiga Putin Erdo‘g‘anni Sochida 5-avgust kuni qabul qilishini tasdiqlagan.
Eslatib o‘tamiz, 19-iyul kuni “Ostona formati” sammitida ishtirok etish uchun Eron poytaxti Tehronga borgan Rossiya prezidenti Vladimir Putin Turkiya rahbari Rajab Tayyip Erdog‘an bilan uchrashgan edi. Uchrashuvda Rossiya-Turkiya hamkorligi turli yo‘nalishlarda jadal rivojlanayotgani ta’kidlangandi.
Erdog‘an G‘arb siyosatchilarining Putinga bo‘lgan munosabatini qoraladi