Borrel Lavrovdek mashhur emasligidan shikoyat qildi

Yevropa diplomatiyasi rahbari G‘arb OAVlarida Lavrovga qaraganda kamroq mashhur ekanligidan nolidi.
Sputnik
TOShKENT, 27-iyul — Sputnik. Yevropa diplomatiyasi rahbari Jozep Borrel G‘arb matbuotida Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovga qaraganda unchalik mashhur emasligidan shikoyat qildi.
“Lavrov Afrikaga borib, afrikaliklarni sodir bo‘layotgan voqealarga Yevropa sanksiyalari aybdor ekanligiga ishontirishga harakat qilmoqda... va butun G‘arb matbuoti buni takrorlaydi. Men Afrikaga buning aksini aytish uchun ketapman, bunga sanksiyalarning aloqasi yo‘q”, - dedi Borrel Cadena SER radiostansiyasiga bergan intervyusida.
U o‘zi “yolg‘on” deb hisoblagan rus ma’lumotlarining tarqalishiga qarshi kurashni ikki baravar oshirishga chaqirdi.
Ma’lumot o‘rnida, so‘nggi yillarda G‘arbda Rossiya matbuoti bilan bog‘liq vaziyat tobora qiyinlashib bormoqda.