TOShKENT, 26-iyul — Sputnik. Rossiya Xalqaro kosmik stansiya (XKS) bo‘yichaxorijiy hamkorlar oldidagi o‘zining barcha majburiyatlarini bajarada, biroq loyihadan chiqish to‘g‘risidagi qaror 2024-yildan keyin qabul qilinadi. Bu haqda Roskosmosning yangi rahbari Yuriy Borisov ma’lum qildi.
“Bilasizki, Xalqaro kosmik stansiyada xalqaro hamkorlik doirasida ish olib boramiz. Shubhasiz, hamkorlarimiz oldidagi barcha majburiyatlarimizni bajaramiz, biroq bu stansiyadan ketish qarori 2024-yildan keyin qabul qilinadi”, - dedi Borisov Rossiya prezidenti Vladimir Putinga hisobot berayotib.
U bu vaqtga kelib Roskosmos Rossiya orbita stansiyasini shakllantirishni boshlashishini ta’kidladi.
Eslatib o‘tamiz, Rossiyaning XKS loyihasida ishtirok etishda davom etishi maqsadga muvofiqligi masalasi 12-aprel kuni Putin rahbarligida kosmosga bag‘ishlangan yig‘ilishda muhokama qilingan edi.
XKS loyihasida 14 mamlakat qatnashadi, ularning beshtasi – Rossiya, AQSh, Kanada, Yaponiya va Yevropa kosmik agentligi asosiy sanaladi. Stansiyani qurish 1998-yilda boshlangan, birinchi doimiy ekspeditsiya 2000-yildan ishga tushgan.