O‘zbekistonlik bokschilar Quvaytdagi xalqaro musobaqada umumjamoa hisobida birinchi bo‘lishdi

Quvaytdagi musobaqada o‘zbekistonlik bokschilar 5 ta oltin va 1 ta bronza medalga sazovor bo‘lishdi.
Sputnik
TOShKENT, 26-iyul — Sputnik. Quvaytning Al-Quvayt shahrida boks bo‘yicha "1-xalqaro musobaqa" o‘z yakuniga yetdi.
Unda qatnashgan o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustalari 5 ta oltin va 1 ta bronza medaliga sazovor bo‘lishdi. Bu bilan ular umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egallashdi.
Terma jamoa safida Abdumajid Mannopov, Abdumalik Xalakov, Javlonbek Yo‘ldoshev, Dilshodbek Ro‘zmetov va Diyor O‘ralov oltin medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Lazizbek Fattoyev bronza bilan kifoyalandi.
1 / 4
2 / 4
3 / 4
4 / 4