OCh: O‘zbekistonlik og‘ir atletikachilar umumjamoa hisobida birinchi bo‘lishdi

Osiyo chempionati yakunlandi. Unda qit’aning 21 mamlakati vakillari bahs olib bordi.
Sputnik
TOShKENT, 26-iyul — Sputnik. Toshkentda og‘ir atletika bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati yakunlandi. Unda o‘zbekistonlik sportchilar umumjamoa hisobida birinchi bo‘lishdi. Bu haqida Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
Osiyo chempionatida qit’aning 21 mamlakati vakillari bahs olib bordi.
Musobaqada O‘zbekiston jamoasi o‘smirlar, yoshlar toifasida umumiy hisobda peshqadamlik qildi.
1 / 3
2 / 3
3 / 3
Chempionat yakunlari bo‘yicha eng yaxshi jamoa va sportchilar, o‘rnatilgan rekordlar ma’lum qilindi.
Yoshlar toifasi:
Yigitlar:
O‘zbekiston
Eron
Qozog‘iston
Qizlar:
Vyetnam
O‘zbekiston
Hindiston
Umumiy hisobda:
O‘zbekiston
Qozog‘iston
Vyetnam
O‘zbekiston terma jamoasining jami qo‘lga kiritgan medallari: 12 ta oltin, 4 ta kumush va 16 ta bronza.
Bellashuvlarda 2 ta Osiyo va 1 ta yoshlar o‘rtasidagi jahon rekordi o‘rnatildi.
1 / 3
2 / 3
3 / 3
Eng yaxshi erkak sportchi: Do Tu Tong (Vyetnam)
Eng yaxshi ayol sportchi: Vanessa Sarno (Filippin)
O‘smirlar toifasi:
Yigitlar:
O‘zbekiston
Saudiya Arabistoni
Qirg‘iziston
Qizlar:
O‘zbekiston
Hindiston
Vyetnam
Umumiy hisobda:
O‘zbekiston
Hindiston
Vyetnam
O‘zbekiston terma jamoasining jami qo‘lga kiritgan medallari: 13 ta oltin, 13 ta kumush va 14 ta bronza.
Eng yaxshi sportchilar: K Duong (Vyetnam) va Anjelin Koloniya (Filippin).
Bellashuvlarda 8 ta Osiyo va 7 ta o‘smirlar jahon rekordi o‘rnatildi.