Ayrim hududlarda havo biroz pasayadi

Vodiy, Toshkent, Sirdaryo va Jizzax viloyatlarida tunlari biroz salqinlik qaytadi.
Sputnik
TOShKENT, 26-iyul — Sputnik. O‘zbekistonning ayrim hududlarida havo harorati biroz bo‘lsada pasaydi. Bu haqida O‘zgidromet xabar berdi.
Bugun O‘zbekistonda havo hali ham issiq bo‘ladi, faqat Xorazm viloyatida ertalab ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

“Aholi ko‘p yashaydigan asosiy viloyatlarda kun issiqligicha qoladi. Termik depressiya jarayoni yadrosi respublikaning sharqiy qismidan qo‘shni Qirg‘iziston va Qozog‘istonga chiqib ketish jarayoni o‘tmoqda. Keyinroq bu jarayon so‘nadi”, deydi O‘zgidromet mutaxassisi Erkin Abdulahatov.

Qayd etilishicha, bu kabi sinoptik jarayon fonida vodiy, Toshkent, Sirdaryo va Jizzax viloyatlarida kelayotgan ikki kunlikda jazirama saqlansada, tunlari biroz salqinlik ham qaytadi.
Surxondaryo janubida issiqlik yuqoriroq. Yuqori havo haroratlari +45 daraja atrofida issiq bo‘ladi.
Qayd etilishicha, bu kabi sinoptik jarayon fonida vodiy, Toshkent, Sirdaryo va Jizzax viloyatlarida kelayotgan ikki kunlikda jazirama saqlansada, tunlari biroz salqinlik ham qaytadi.
Surxondaryo janubida issiqlik yuqoriroq. Yuqori havo haroratlari +45 daraja atrofida issiq bo‘ladi.
Shimolda, janubda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlari bilan kuzatilishi mumkin.
Farg‘ona viloyatining tog‘ oldi va tog‘li hududlarida glyatsial (muz) sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Havo harorati +38-43 daraja, janubda ba’zi joylarda +45 darajagacha, shimolda esa +32-37daraja bo‘ladi.
Poytaxtda havo quyoshli bo‘ladi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi, kunning ikkinchi yarmida 10-12 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat +41-43 daraja atrofida saqlanib turadi.
Tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kunduzi +30-35 daraja bo‘ladi.