Rossiya ukrainaliklarga xalqqa qarshi rejimdan xalos bo‘lishda yordam beradi – Lavrov

Lavrov: Ko‘z o‘ngimizda parchalanib borayotgan Ukraina tarixiga hamda Kiyev rejimining davlat targ‘ibotiga berilib ketganlarga achinamiz.
Sputnik
TOShKENT, 25-iyul — Sputnik. Rossiya ukrainaliklarga xalqqa qarshi va tarixga qarshi rejimdan xalos bo‘lishda, albatta, yordam beradi. Bu haqda Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov ma’lum qildi.
“Biz bundan ham yaxshiroq narsaga loyiq bo‘lgan Ukraina xalqiga achinamiz. Ko‘z o‘ngimizda parchalanib borayotgan Ukraina tarixiga hamda Kiyev rejimining davlat targ‘ibotiga berilib ketganlarga hamda uni qo‘llab-quvvatlayotganlarga achinamiz”, - dedi Lavrov Arab davlatlari ligasi vakillari bilan uchrashuvda. Uning so‘zlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.
Diplomatning fikricha, hozirgi hokimiyat Ukrainani Rossiyaning abadiy dushmaniga aylantirmoqchi, biroq ularning urinishlari natija bermaydi.
“Rossiya va ukraina xalqi birga yashashda davom etadi”, deya xulosa qildi Lavrov.
Joriy yil 24-fevraldan beri Rossiya Ukrainani denatsifikatsiya va demilitarizatsiya qilish bo‘yicha maxsus operatsiya o‘tkazmoqda. Rossiya prezidenti Vladimir Putin uning vazifasi sakkiz yil davomida Kiyev rasmiylari tomonidan zo‘ravonlik va genotsidga uchragan odamlarni himoya qilish deb atagan. Putinning so‘zlariga ko‘ra, yakuniy maqsad Donbassni ozod qilish va Rossiya xavfsizligini kafolatlaydigan shart-sharoitlarni yaratishdir.