TOShKENT, 25-iyul — Sputnik. Qozog‘iston prezidenti Qasim Jomart-Toqayev 24-iyul kuni Islom dinining bosh ziyoratgohi – Makka shahrida umra (kichik haj) ziyoratini ado etdi. Bu haqda Oqo‘rda matbuot xizmati xabar berdi.
Qasim Jomart-Toqayev
© Press-slujba Prezidenta Respubliki Kazaxstan
“Prezident alohida sharaf bilan taqdirlandi — u eshiklari hurmatli mehmonlar uchun alohida holatlarda ochiladigan Ka’baga kirdi. Bu Saudiya Arabistoni rahbariyatining Qozog‘iston rahbariga chuqur hurmat bilan munosabatda bo‘lganidan dalolatdir”, - deyiladi xabarda.
Qasim Jomart-Toqayev
© Press-slujba Prezidenta Respubliki Kazaxstan
Qayd etilishicha, 23-iyul, shanba kuni Qozog‘iston prezidenti Qasim Jomart-Toqayev podshoh Salmon ibn Abdul-Aziz Al Saudning taklifiga binoan rasmiy tashrif bilan Saudiya Arabistoniga borgan. Kasr As-Salam saroyida Saudiya Arabistoni podshohining Qasim Jomart-Toqayevni rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tgan.
Qasim Jomart-Toqayev
© Press-slujba Prezidenta Respubliki Kazaxstan
Shundan so‘ng, prezident Toqayev Saudiya Arabistoni bilan muhim kelishuvlar imzolanganini ma’lum qildi. Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar 13 ta muhim hujjatni imzolagan.
Bundan tashqari, Toqayev Salmon ibn Abdul-Aziz Al Saudni “Altin Qiran” ordeni bilan taqdirlagan.