O‘zbekistonda 2017-yildan buyon necha kishi afv etildi

So‘nggi 5-yilda prezident farmoni bilan afv etilganlar soni 5548 nafarga yetgan.
Sputnik
TOShKENT, 25-iyul – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017-yildan beri afv etish bilan bog‘liq 21 farmoni e’lon qilindi.
O‘zA ma’lumotlariga ko‘ra, bu farmonlar asosida 5548 nafar jazo muddatini o‘tayotgan shaxslar afv etildi.
Xususan:
2017 yilda – bitta farmon bilan 2700 nafar shaxs;
2018 yilda – uchta farmon bilan 621 nafar shaxs;
2019 yilda – to‘rtta farmon bilan 771 nafar shaxs;
2020 yilda – beshta farmon bilan 616 nafar shaxs;
2021 yilda – to‘rtta farmon bilan 637 nafar shaxs;
2022 yilda – uchta farmon bilan 203 nafar shaxs afv etildi.
Afv etish mahkumga nisbatan insonparvarlik ifodasi bo‘lib, uni jazodan to‘liq yoki qisman ozod qiladi yoki sud tomonidan belgilangan jazoni boshqa yengilroq jazo bilan almashtiradi.
O‘zbekistonda prezident mahkumning yoki jazoni o‘tab bo‘lgan shaxsning afv etishni so‘rab yozgan iltimosnomasi mavjud yoki mavjud emasligidan qat’i nazar o‘z tashabbusi bilan istalgan mahkumni yoki jazoni o‘tab bo‘lgan shaxsni afv etishi mumkin.

Mavzuga oid:

Mirziyoyev 65 nafar fuqaroni afv etdi
Prezident 75 kishini afv etdi
Prezident Konstitutsiya kuni arafasida 182 nafar mahkumni afv etdi