O‘zbekiston zamon muammolarini hal qilishda muhim rol o‘ynaydi - Turkmaniston prezidenti

Serdar Berdimuhamedov ikki tomonlama munosabatlarda o‘rnatilgan hurmat va o‘zaro yordam tamoyillarini qayd etdi.
Sputnik
TOShKENT, 25-iyul- Sputnik. Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov yakshanba kuni O‘zbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyevni 65 yoshi bilan tabrikladi va ikki tomonlama munosabatlarda shakllangan hurmat va o‘zaro yordam tamoyillarini qayd etdi. Bu haqida Turkmaniston davlat axborot agentligi TDH xabar berdi.
“Buning yorqin tasdig‘i bizning yaqinda bo‘lib o‘tgan uchrashuv va muzokaralarimiz, shuningdek, ajoyib mamlakatingizga qilgan birinchi davlat tashrifim chog‘ida imzonlangan yirik hujjatlar to‘plamidir. Shiddat bilan olg‘a intilayotgan O‘zbekiston zamon muammolarini hal etishda muhim rol o‘ynaydi va ko‘plab mamlakatlar bilan ochiq va konstruktiv aloqalarini davom ettirib kelmoqda”, - deyiladi Berdimuhamedov tabrigida.
Kecha Shavkat Mirziyoyevni tavallud ayyomi bilan Turkmaniston Xalq maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedov ham telefon orqali tabriklagan edi. Suhbat chog‘ida siyosatchilar O‘zbekiston-Turkmaniston do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalarini muhokama qilishdi.