Shifokor-parhezshunos Yevgeniy Arzamassev choyning zararli ta’siri haqida so‘zlab berdi. Uning aytishicha, ko‘p achchiq choy iste’mol qilish oshqozon-ichak trakti, uyqusizlik hamda yurak-qon tomir kasalliklariga sabab bo‘ladi.
“Choyda antioksidant kabi ta’sir ko‘rsatadigan tanin moddasi bor. Biroq, uni juda ko‘p iste’mol qilish, oshqozon bilan muammolarga sabab bo‘lishi mumkin. Shuningdek, choy tarkibidagi kofein sababli uyqusizlikka uchrash ehtimoli bor. Uyqu borasida muammolari bor insonlar kechki paytda choy iste’mol qilmaganlari ma’qul”, - deydi Arzamassev
Shuningdek, achchiq choy yurak urushini tezlashtiradi.
“Achchiq choy faqat yurak kasalligi emas, balki gipertonik kasalliklarga chalinishga ham olib keladi”, - deb ogohlantiradi shifokor.