Yunusobod tumanining ayrim joylarida gaz vaqtincha o‘chirildi

Tumandagi Yangi shahar va Chinobod ko‘chalari kesishmasidagi gaz quvurida avariya holati yuzaga kelgan.
Sputnik
TOShKENT, 24-iyul – Sputnik. Toshkent shahri Yunusobod tumanining ayrim hududlarida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatildi.
"Hududgaz Poytaxt" xabariga ko‘ra, tumandagi Yangi shahar va Chinobod ko‘chalari kesishmasidagi gaz quvurida avariya holati yuzaga kelgan. Shu sababli 24-iyul soat 18:00 ga qadar "Otchopar-1", "Otchopar-2", "Yunusobod" va "Oqtepa" mahallalarida hamda Yangi shahar va Chinobod ko‘chalarida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatildi.
Ta’kidlanishicha, ta’mirlash ishlaridan so‘ng, gaz ta’minoti qayta tiklanadi.