TOShKENT, 24-iyul – Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Kreml matbuot xizmati xabar bermoqda.
Rossiya yetakchisi suhbat chog‘ida Shavkat Mirziyoyevni 65 yoshi bilan samimiy muborakbod etgan.
Preziyentlar o‘zaro hamkorlikning muhim masalalari yuzasidan fikr almashishgan. Shuningdek, ayrim xalqaro mavzular, jumladan, O‘zbekistonda kuzda rejalashtirilgan Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga a’zo davlatlar rahbarlari kengashining majlisiga tayyorgarlik ko‘rish masalalari ko‘rib chiqilgan.
Rossiya-O‘zbekiston strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash ham suhbat mavzusi bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Putin Mirziyoyevni Aleksandr Nevskiy ordeni bilan mukofotlagani xabar qilingan edi.