Namanganda “Damas” soyga tushib ketdi

“Damas” haydovchisi mashinani orqaga qaytarib olmoqchi bo‘lgan vaqtida harakat xavfsizligini ta’minlay olmay, soyga tushib ketgan.
Sputnik
TOShKENT, 24-iyul – Sputnik. Namangan viloyati Pop tumanida “Damas” avtomobili ehtiyotsizlik oqibatida soyga tushib ketdi. Bu haqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar qildi.
"Chodak" MFY hududida “Damas” haydovchisi mashinani orqaga qaytarib olmoqchi bo‘lgan vaqtida harakat xavfsizligini ta’minlay olmay, soyga tushib ketgan. Mashinada yo‘lovchilar bo‘lmagan.
Hodisa oqibatida avtomashina texnik shikastlangan. YHXB xodimlari haydovchiga yordam ko‘rsatishgan. Haydovchi jiddiy tan-jarohati olmagan.