JSST maymun chechagi tarqalishini favqulodda holat deb e’lon qildi

Qayd etilishicha, maymun chechagining butun dunyo bo‘ylab tarqalish xavfi o‘rtacha, Yevropada esa yuqori.
Sputnik
TOShKENT, 24-iyul – Sputnik. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) maymun chechagi kasalligining tarqalishini sog‘liqni saqlash sohasidagi favqulodda holat deb e’lon qildi.
“Bizda yangi yuqish usullari orqali dunyo bo‘ylab tez tarqaladigan va xalqaro sog‘liqni saqlash qoidalari mezonlariga javob beradigan epidemiya mavjud. Maymun chechagi epidemiyasi sog‘liqni saqlash tizimida xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan favqulodda holatga aylandi”, — dedi tashkilot rahbari Tedros Gebreyesus
JSST ma’lumotlariga ko‘ra, maymun chechagining butun dunyo bo‘ylab tarqalish xavfi o‘rtacha. Yevropada esa xavf yuqori.
Tashkilot rahbarining so‘zlariga ko‘ra, hozirda 75 ta davlat va hududda 16 mingdan ortiq infeksiya holati qayd etilgan va besh kishi vafot etgan.

Mavzuga oid:

Yevropada epidemiologik vaziyat murakkablashmoqda - JSST
JSST: kishi maymun chechagini qayta yuqtirib olishi mumkin
O‘zbekistonda maymun chechagi kasalligi qayd etilmadi - Otabekov
Maymun chechagi haqida haqida nimalar ma’lum