Haydovchilarni tayyorlash tizimi tubdan takomillashtiriladi

Yagona namunadagi animatsiyali nazariy imtihon savollari 1 000 tadan kam bo‘lmagan miqdorda tasdiqlanadi.
Sputnik
TOShKENT, 24 iyul – Sputnik. 20-iyul kuni "Avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish hamda ularni imtihondan o‘tkazish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi hukumat qarori tasdiqlandi.
Qarorga ko‘ra, haydovchilarni tayyorlashda o‘quv soati haftasiga 20 soatgacha, kunlik 4 soatgacha rejalashtiriladi.
Haydovchilarning malakasini oshirganlik bo‘yicha sertifikatlar faqat elektron racmiylashtiriladi.
Amaliy imtihonlarda “V” toifa uchun ishlab chiqarilganiga 5-yildan ko‘p bo‘lmagan, boshqa toifalar uchun 10-yildan ortiq bo‘lmagan transportlardan foydalaniladi.
O‘quv dasturlarini Ichki ishlar vazirligi ishlab chiqadi va tasdiqlaydi. Yagona namunadagi animatsiyali nazariy imtihon savollari 1 000 tadan kam bo‘lmagan miqdorda tasdiqlanadi.
2023 yil 1-yanvargacha Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining avtomatlashtirilgan Yagona axborot tizimi ishga tushiriladi.
2022 yil 1-noyabrdan haydovchilik uchun beriladigan tibbiy ma’lumotlarning yagona elektron bazasi shakllantiriladi va Yagona axborot tizimiga integratsiya qilinadi.

Mavzuga oid:

Haydovchilik guvohnomasini qayta tiklash uchun imtihon topshirish bekor qilindi
"Prava"ni yangisiga masofadan almashtirish yo‘lga qo‘yilishi mumkin
Avtomaktablar reytingini belgilash tizimi ishga tushadi
Tajribasi kam haydovchilar avtomobilni maxsus belgi bilan haydashadi