Emomali Rahmon Shavkat Mirziyoyevni tavallud kuni bilan tabrikladi

Telefon orqali suhbatda Tojikiston rahbari Shavkat Mirziyoyevni tavallud kuni bilan samimiy tabriklab, tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va katta muvaffaqiyatlar tiladi.
Sputnik
TOShKENT, 24-iyul – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston yetakchisi matbuot xizmati xabar berdi.
“Suhbat avvalida Tojikiston yetakchisi davlatimiz rahbarini tavallud kuni bilan samimiy tabriklab, tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va katta muvaffaqiyatlar tiladi”, - deyilgan xabarda.
Prezidentlar ikki tomonlama kun tartibidagi hamda mintaqaviy hamkorlikning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashishdi.
Joriy yil 2-3 iyun kunlari Tojikiston prezidentining O‘zbekistonga rasmiy tashrifi yakunida erishilgan kelishuvlarni bajarish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ni o‘z vaqtida amalga oshirish muhimligi ta’kidlandi. Eng avvalo energetika sohasidagi kooperatsiya loyihalarini jadallashtirishga alohida e’tibor qaratildi.
Sentabr oyida o‘tkaziladigan Shanxay hamkorlik tashkilotining Samarqand sammitiga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi.