Kardiolog Anastasiya Takkandning aytishicha, eng xavfli infarkt- bu alomatsiz kechganidir.
Bunday kasallikni o‘z vaqtida aniqlash va tashxis qo‘yish qiyin. Sababsiz uyquchanlik, charchoq va qon bosimining juda tez-tez o‘zgarib turishi alomatsiz infarktning belgisi bo‘lishi mumkin.
“Simptomsiz shaklda shunda e’tibor berish kerakki, unda qon bosimi tushadi, ko‘tariladi, puls ham yo tezlashadi, yoki sekinlashadi”, - deydi kardiolog.
Xususan, alomatsiz infarkt keksalarda, qandli diabet bilan og‘riganlarda, qon bosimi yuqori va shuningdek infarktni boshidan o‘tkazgan bemorlarda kuzatiladi.