TOShKENT, 22-iyul — Sputnik. Yaponiya Vazirlar Mahkamasi joriy yil 27-sentabrni mamlakat sobiq bosh vaziri Sindzo Abening davlat dafn marosimini o‘tkazish sanasi etib tasdiqladi. Bu haqda “Kyodo” agentligi xabar berdi. RIA Novosti.
“22 iyul kuni ertalab hukumat yig‘ilishi chog‘ida 27-sentabr kuni Tokiodagi Kitanomaru bog‘idagi “Nippod Budokan” zalida halok bo‘lgan sobiq bosh vazir Sindzo Abening davlat dafn marosimini o‘tkazish to‘g‘risida hukumat qarori qabul qilindi”, - deyilgan xabarda.
8 iyul kuni Sindzo Abe unga qarshi uyushtirilgan suiqasddan so‘ng vafot etdi.
Sobiq bosh vazir Yaponiyaning Nara shahrida nutq so‘zlayotgan vaqtida jinoyatchi orqa tomondan unga qo‘lbola quroldan ikki marta o‘q uzdi. Tajovuzdan so‘ng siyosatchi og‘ir ahvolda vertolotda kasalxonaga olib ketilgandi.