TOShKENT, 22-iyul — Sputnik. O‘zbekistonprezidenti Shavkat Mirziyoyev Pokiston bilan xavfsizlik bo‘yicha hukumatlararo komissiya tuzish to‘g‘risidagi protokolni tasdiqladi.
“O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va Pokiston Islom Respublikasi Hukumati o‘rtasida xavfsizlik komissiyasini tuzish to‘g‘risidagi bayonnoma tasdiqlansin”, deyiladi Lex.uz milliy qonun hujjatlari ma’lumotlar bazasi saytida joylashtirilgan hujjat matnida.
Protokol 2021-yil 2-noyabrda Islomobodda imzolangan.
Farmonga ko‘ra, Mirziyoyev Respublika Tashqi ishlar vazirligiga O‘zbekistonda xalqaro shartnomaning kuchga kirishi uchun zarur bo‘lgan davlat ichki tartib-qoidalari bajarilganligi to‘g‘risida Pokiston tomoniga tegishli bildirishnoma yuborish haqida topishiq berdi.
Tasdiqlangan hujjat ikki davlat vakolatli organlari o‘rtasidagi hamkorlikni muvofiqlashtirish maqsadida O‘zbekiston va Pokiston xavfsizlik kengashlari apparatlari o‘rtasida doimiy maslahatlashuvlar o‘tkazishga yordam beradi.