Bu qiziq

Mutaxassis oddiy va qamish shakari o‘rtasidagi farqni aytdi

Mutaxassis aytishicha, malla shakar ko‘pchilik o‘ylagandek foydali emas
Sputnik
Nutritsiolog Olga Graninaning aytishicha, oddiy oq shakar va malla shakar ham bir xil ta’sirga ega.
Malla shakar vazn tashlashga yordam bermaydi, chunki u xuddi oq shakar kabi yuqori kaloriyali. Uning yagona foydali jihati shuki, u oq shakar kabi ko‘p qayta ishlashmaydi. Shuning uchunda foydali moddalar ko‘proq qolishi mumkin.
Biroq, mutaxassisning aytishicha, do‘konlarda hatto oddiy shakarni ham malla rangga bo‘yab sotishlari mumkin, chunki malla shakar qimmatroq. Ammo, har qanday rang beruvchi moddalar- aslida organizmga hech qanday foyda bermaydigan bo‘sh uglevodlar xolos.