TOShKENT, 22-iyul — Sputnik. Moskvada “O‘zbek she’riyati antologiyasi” kitobining birinchi jildi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Unda o‘zbek adabiyotining Alisher Navoiy, Bobur va boshqa buyuk namoyandalari asarlarining rus tiliga tarjimalari jamlangan. Kitobning nashr etilishi ko‘plab rus olimlari tomonidan qo‘llab-quvvatlandi. Ular orasida Rossiya Fanlar akademiyasining akademigi, kosmik plazma fizikasi sohasidagi mutaxassis Lev Zeloniy ham bor.
U mashhur o‘zbek matematigi, astronomi Mirzo Ulug‘bekning so‘zlarini keltirib, uning kashfiyotlarini sanab o‘tdi, Rossiyaning “Spektr-RG” kosmik observatoriyasi bu kashfiyotlardan hozirgacha foydalanmoqda.
Nashr o‘z ovozini ham topdi. Audiokitobni yaratishda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Seydulla Moldaxonov ishtirok etdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ular ishga hurmat bilan yondashgan, chunki disklar O‘zbekistondagi barcha rusiyzabon maktablarda bo‘ladi.
“Antologiya” tuzuvchisi shoir va adabiyotshunos, Sharq she’riyati bo‘yicha mutaxassis Mixail Sinelnikovdir.
Loyiha Alisher Usmonov nomidagi jamg‘arma tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.
Ikkinchi kitobning chiqishi 2022-yil oxirida kutilmoqda.