TOShKENT, 22-iyul — Sputnik. O‘zbekistondagi dehqon bozorlarida go‘sht 45 ming so‘mdan boshlanib 89 ming so‘mgacha sotilmoqda. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Statqo‘m hududiy markaziy dehqon bozorlarida ayrim mahsulotlarning narxlari bo‘yicha o‘tkazilgan kuzatuv natijalarini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, 21-iyul holatiga alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal narxlari qo‘yidagicha bo‘lgan:
· Suyakli mol go‘shti (1 kg) — 45 000 – 77 000 so‘m;
· Qo‘y go‘shti (1 kg) — 55 000 – 89000 so‘m;
· Kartoshka (1 kg) — 2000 – 7000 so‘m;
· Piyoz (1 kg) — 3000 – 8500 so‘m;
· Sabzi (1 kg) — 1300 – 6000 so‘m;
· Tuxum (10 dona) — 7000 – 15 000 so‘m;
· Guruch (1 kg) — 5000 – 22 000 so‘m;
· O‘simlik yog‘i (1 l) — 15 600 – 30 000 so‘m;
· Shakar (1 kg) — 11 000 – 18 000 so‘m.
Eng arzon mol go‘shti go‘sht Nukus markaziy dehqon bozorida (45 ming), eng qimmati esa Toshkentdagi Farxod dehqon bozorida (73 ming) sotilmoqda.
O‘simlik yog‘ining minimal narxi Namangan chorsu dehqon universal bozorida (paxta yog‘i 15 600 so‘m), maksimal narxi esa Toshkent shahrining Oloy va Mirobod dehqon bozorlarida (kungaboqar yog‘i 30 000 so‘m) kuzatilgan.
Bunda faqat dehqon bozorlari hududidagi oziq-ovqat mahsulotlari narxlari hisobga olingan. Supermarket, minimarket, do‘konlardagi narxlar inobatga olinmagan.