Dam olish kunlari juda issiq bo‘ladi – O‘zgidromet

Dam olish kunlari harorat foni iqlimiy meyorlardan 5...7 darajaga yuqori bo‘ladi.
Sputnik
TOShKENT, 22-iyul — Sputnik. Bugun va dam olish kunlari O‘zbekiston hududiga Eron hududlaridan juda issiq hamda quruq havo kirib kelishi davom etadi, deya xabar berdi O‘zgidromet.
Ushbu kunlarda harorat foni iqlimiy meyorlardan 5...7 darajaga yuqori bo‘ladi. Kunduzi havo harorati 40...45 daraja atrofida, janubda va cho‘l zonalarining ba’zi joylarida 47 darajagacha bo‘lishi kutilmoqda.
“Quyosh urushini oldini olish maqsadida kunning ikkinchi yarmida to‘g‘ridan-to‘g‘ri quyosh nurlari ostida bo‘lmaslikka harakat qiling! O‘zingizni asrang”, deya ogohlantirdi O‘zgidromet.
Respublikaning ayrim joylarida shamol 15...20 m/s gacha kuchayishi, ba’zi joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi kutilmoqda.
Qirg‘iziston hududidan Farg‘ona viloyatining tog‘ oldi va tog‘li hududlari bo‘yicha glyatsial (muz) sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi ehtimoli bor.
Avvalroq, mutaxassis jazirama kunlarda oftob urishidan ehtiyot bo‘lishga oid tavsiyalar bergandi.