TOShKENT, 22-iyul — Sputnik. Bugun Navoiy viloyatidagi Buzaubay shaharchasi dunyoning eng issiq nuqtasiga aylandi. Bu haqida Gidromet mutaxassisi Erkin Abdulahatov ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, bugun Buzaubay shaharchasi +44 daraja bilan Quvayt, Qozog‘iston va Turkmaniston davlatlarini ham orta qoldirdi.
Buxoro va Navoiy viloyatlari ba’zi cho‘l stansiyalarida mahalliy vaqt soat 11.00 ning o‘zidayoq havo harorati qiymatlari +44 darajadan yuqorilagan.
“Navoiy, Buxoro va Xorazm viloyatining ba’zi kuzatuv stansiyalarida mahalliy vaqt soat 13.50 va 14.50 da havo harorati +47 +48 daraja issiq ko‘rsatdi”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zgidromet dam olish kunlari havo juda issiq bo‘lishini prognoz qildi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston hududiga Eron hududlaridan juda issiq hamda quruq havo kirib kelishi davom etadi. Ushbu kunlarda harorat foni iqlimiy meyorlardan 5...7 darajaga yuqori bo‘ladi.