TOShKENT, 22-iyul — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Tehronga safari G‘arbga muammo tug‘diradi. Bu haqda Inqiroziy vaziyatlarni o‘rganish instituti direktori Mark Almond “Daily Mail” uchun maqolasida yozgan. RIA Novosti.
Uning fikricha, prezident yordamchisi Yuriy Ushakovning Rossiya va Eronning ikki tomonlama munosabatlarni yangi strategik sheriklik darajasiga olib chiqish rejalari haqidagi bayonoti G‘arb yetakchilari uchun ogohlantirish bo‘ldi.
“Ushbu do‘stlikning mustahkamlanishi fonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarning yana bir jiddiy belgisi uchrashuvda Erdog‘anning ishtirok etishi bo‘ldi”, degan Almond.
Uning fikricha, Rossiya, Turkiya va Eron rahbarlarining uchrashuvi G‘arbga qarshi yangi ittifoqni boshlashi mumkin.
“Ushbu sammit Sharqiy Yevropaning chekkasidan Janubiy Xitoy dengizigacha - markazda ona Rossiya joylashgan holda G‘arbga qarshi, antidemokratik ittifoqni namoyish etadi. Qo‘rqinchli kelajak”, deb hisoblaydi muallif.
Almondning fikricha, paydo bo‘layotgan tahdid G‘arb uchun sobiq Sovet Ittifoqiga qaraganda xavfliroq bo‘lishi mumkin.
Shu hafta Putin Eron va Turkiya prezidentlari bilan birga Tehronda bo‘lib o‘tgan Suriya bo‘yicha uch tomonlama sammitda ishtirok etdi. Bundan tashqari, Rossiya rahbari Eron va Turkiya liderlari bilan muzokaralar o‘tkazdi, Eronning diniy yetakchisi Oyatulloh Ali Xomanaiy bilan uchrashdi.