TOShKENT, 22-iyul — Sputnik. O‘zbekistonda bugunga qadar 530 ming nafardan ortiq o‘quvchi 1-sinfga qabul qilindi. Bu haqida Xalq ta’limi vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, yangi o‘quv yilida respublika umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 1-sinfiga 700 mingdan ortiq bolalarni qabul qilish rejalashtirilgan.
“Maktabga qabul Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarning markazidagi jami 25 ta shahar va tumanlardagi 816 ta umumta’lim maktabida elektron shaklda (my.maktab.uz) qolgan hududlarda esa belgilangan tartibda an’anaviy shaklda olib borilmoqda”, deyiladi xabarda.
Ota-onalarga qulaylik yaratish va qabul jarayonlarini tartibli tashkil etish maqsadida 1-sinfga qabul 2 bosqichda amalga oshiriladi.
31 iyulga qadar -mahalliy hokimlik qarorlari bilan biriktirilgan mikrohudud doirasida;
1 avgustdan - mikrohududdan tashqari hududlar bo‘yicha.
Ma’lumot uchun, hozirda 2022-2023 o‘quv yili uchun 1-sinfga qabul jarayonlari davom etmoqda.
Qabul jarayoniga oid savollar bilan vazirlikning 71-203-07-04 raqamlariga qo‘ng‘iroq qilish mumkin.