TOShKENT, 22-iyul — Sputnik. Amudaryo qirg‘ovuli o‘z polaponlarini yo‘ldan o‘tkazayotgan jarayoni mobil tasvirga muxrlandi. Bu haqida Xorazm viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi xabar berdi.
Xorazm milliy tabiat bog‘ida Amudaryo qirg‘ovuli va uning polaponlari tasvirga olingan.
Aytilishicha, shu kunlarda bog‘da ona qirg‘ovullarning o‘z bolalarini ergashtirib yurganini juda ko‘p uchratish mumkin bo‘lmoqda.
Tabiiy to‘qayzorlarning keskin kamayishi va brokenerlik sababli qirg‘ovullarning soni keskin qisqarib ketgan edi. Olib borilgan ishlar natijasida ularning soni yana kupaymoqda.
“Amudaryo bo‘yidagi tabiiy to‘qayzorlarning Davlat ekologiya qo‘mitasi tasarrufidagi Xorazm milliy tabiat bog‘i tarkibiga kiritilgani va hozirda ushbu hududlarning doimiy muhofazaga olingani o‘z natijasini bermoqda, ya’ni yovvoyi hayvon va qushlarning ko‘payishi kuzatilyapti”, deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, qirg‘ovul Xorazm vohasidagi endemik qushlar toifasiga kiradi. U makkajo‘xori, bug‘doy, arpa, suli, tariq va yashil o‘simliklar bilan oziqlanadi.