“Qanot Sharq” Peterburgdan Samarqandga parvozlarni yo‘lga qo‘ydi

Parvozlar haftada bir marta — payshanba kunlari amalga oshiriladi.
Sputnik
TOShKENT, 21-iyul — Sputnik. 21 iyuldan boshlab “Qanot Sharq” aviakompaniyasi Sankt-Peterburgdan O‘zbekistonning tarixiy shaharlaridan biri Samarqandga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi. Bu haqda Pulkovo aeroporti matbuot xizmati xabar berdi.
Parvozlar haftada bir marta — payshanba kunlari amalga oshiriladi.
Sankt-Peterburg aeroportidan soat 4:45 da uchgan samolyot Samarqandga soat 11:15 da yetib boradi. Samarqand aeroportidan soat 00:25 da yo‘lga chiqqan samolyot soat 03:15 Pulkovoga yetib boradi. Har bir aeroport uchun belgilangan vaqt mahalliy hisoblanadi.
Parvozlar 174 o‘ringa mo‘ljallangan “Airbus A320” samolyoti orqali amalga oshiriladi.
Shuningdek, “Uzbekistan Airways” seshanba va shanba kunlari Pulkovo aeroportidan Samarqandga parvozlar amalga oshiradi.
Avvalroq Rossiyaning “Utair” aviakompaniyasi Toshkent-Ufa o‘rtasida yangi reyslarni yo‘lga qo‘ygani xabar qilingan edi.