O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston yetakchilarining norasmiy uchrashuvi qanday o‘tdi - foto

Cho‘lponotada Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Sammit Shavkat Mirziyoyev, Toqayev va Sadir Japarovning norasmiy uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Sputnik
TOShKENT, 21-iyul — Sputnik. Issiqko‘lda O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston yetakchilari samimiy muloqot qildi.
Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining sammiti oldidan O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev va Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarovning norasmiy uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Davlat rahbarlari birgalikda "Nomad" madaniyat markaziga bordilar. Hunarmandchilik buyumlari ko‘rgazmasi ko‘zdan kechirildi. So‘ng ko‘chmanchilar o‘yinlari namoyish etildi.
1 / 7
2 / 7
3 / 7
4 / 7
5 / 7
6 / 7
7 / 7
Markaziy Osiyo xalqlari kuy-qo‘shiqlaridan tuzilgan konsert dasturida ellarning birligi, madaniy yaqinligi namoyon bo‘ldi.
1 / 4
2 / 4
3 / 4
4 / 4
Eslatib o‘tamiz, bugun Cho‘lponotada Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.
Sammitda savdo, transport va logistika, sanoat kooperatsiyasi, innovatsiyalar, oziq-ovqat xavfsizligi, turizm, madaniy-gumanitar sohalardagi amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilinadi. Shuningdek, mintaqada barqarorlik va izchil taraqqiyotni ta’minlash masalalari yuzasidan fikr almashiladi.