O‘zbekiston CAFA Womenʼs Championship-2022 turniri chempioni bo‘ldi

O‘zbekiston ayollar jamoasi ilk bor rasman o‘tkazilgan CAFA turnirida barcha raqibalarini dog‘da qoldirishdi.
Sputnik
TOShKENT, 21-iyul — Sputnik. O‘zbekiston ayollar milliy terma jamoasi ilk bor rasman o‘tkazilgan CAFA turnirining barcha uchrashuvlarida g‘alaba qozonib, musobaqa chempioniga aylandi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
Yaponiyalik mutaxassis Midori Xonda qo‘l ostidagi terma jamoa chempionlik yo‘lida Tojikiston (6:0), Turkmaniston (6:0), Qirg‘iziston (7:0) va Eron (1:0) jamoalari ustidan g‘alaba qozondi. O‘zbekistonliklar 12 ochko jamg‘arishga muvaffaq bo‘lishdi. E’tiborlisi, birorta ham to‘p o‘tkazishmadi.
1 / 4
2 / 4
3 / 4
4 / 4
Ikkinchi o‘rin Eron, uchinchi o‘rin esa Qirg‘iziston ayollar jamoasiga nasib etdi.
O‘zbekistonlik futbolchi Nilufar Qudratova turnir to‘purari (5 ta gol) va musobaqaning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Nilufar Qudratova
CAFA Womenʼs Championship-2022 Dushanbe shahrida 8-20 iyul kunlari bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston, Tojikison, Turkmaniston, Qirg‘iziston va Eron jamoalari o‘zaro bellashishdi.