TOShKENT, 21-iyul — Sputnik. O‘zbek kurashi “Osiyo bolalari” sport o‘yinlari dasturiga kiritildi. Bu haqida Sportni rivojlantirish vazirligi xabar berdi.
Aytilishicha, milliy sport kurashi nufuzli o‘yinlar dasturiga ilk marotaba kiritildi.
Kurash musobaqalarida 5 nafar o‘g‘il bola va 4 nafar qiz bola vazn toifasida o‘zaro bellashishadi.
O‘zbekiston nomidan 174 nafar vakil sportning 17 turida ishtirok etadi.
Musobaqalarda o‘zbek sportchilarining ishtiroki quyidagicha:
Badminton – 4-7 avgust,
Stol tennisi va basketbol 3x3 – 29-iyul – 1-avgust,
O‘q otish va boks – 2-6 avgust,
Sambo – 3-avgust,
Sport kurashlari va yengil atletika – 31-iyul – 2-avgust,
Badiiy gimnastika va suzish – 29-31 iyul,
Kamondan otish – 4-6 avgust,
Mas-restling – 4-5 avgust,
Plyaj voleyboli – 28-iyul – 3-avgust,
Mini-futbol – 31-iyul – 7-avgust,
O‘zbek kurashi – 6-avgust,
Duzdo – 2-4 avgust,
Tayekvondo – 30-31 avgust.
Musobaqada O‘zbekiston delegatsiyasi sportning faqatgina Xapsagay (Yakutiya milliy kurashi) hamda Breyking (brey-dans) turlarida ishtirok etishmaydi.
Eslatib o‘tamiz, 27-iyul – 8-avgust kunlari Vladivostokda o‘smirlar o‘rtasida “Osiyo bolalari” (“Deti Azii”) VII xalqaro sport o‘yinlari o‘tkaziladi.
Musobaqalar 10 ta sport inshooti, jumladan, yangilangan “Dinamo” stadioni, “Olimpiyskiy” sport majmuasi, “Yunost” sport saroyi va Vladivostokning markaziy maydonida o‘tkaziladi.
O‘yinlarning tantanali ochilish va yopilish marosimlari esa “Fetisov Arena” konsert-sport majmuasida bo‘lib o‘tadi.