TOShKENT, 21-iyul — Sputnik. O‘zbekiston Markaziy banki raisi Mamarizo Nurmuratov 200 ming so‘mlik pulning chiqarilishi odamlarga qulaylik yaratishini ma’lum qildi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.
Markaziy bankda pul-kredit siyosatining operatsion mexanizmiga bag‘ishlangan brifingda Nurmuratov odamlar orasida 200 mingtalik chiqdi, inflyatsiya darajasi kuchayadi, degan noto‘g‘ri qarashlar bo‘layotganini ta’kidladi.
“Markaziy bank 200 ming so‘mlik banknotani muddatdan ilgariroq chiqarishdan maqsad, avvalo odamlarga qulaylik yaratish va umume’tirof yetilgan banknotalarga ehtiyojni qondirishdan iborat", - dedi Markaziy bank raisi.
Eng yuqori pul kupurasi o‘rtacha oylik ish haqidan kamiga 30-40 foizga teng bo‘lishi kerak.
"Pul chiqarishda aholining o‘rtacha xarid summasi ham inobatga olinadi. Shuningdek, mamlakat hududida jami muomaladagi banknotalar miqdori hisoblab chiqiladi" - dedi u.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 15-iyuldan 200 ming so‘mlik pul muomalaga chiqarilgan edi.