TOShKENT, 21-iyul — Sputnik. Yevropaning oddiy fuqarolari joriy qishda o‘z uylarida muzlab qolishi uchun Rossiya aybdor emas. Bu haqda Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev ma’lum qildi. RIA Novosti.
“Amerikaliklar yevropalik ahmoqlarni beadablarcha o‘ynagani, ularni YeI mamlakatlari aholisiga qarshi sanksiyalarning eng og‘riqli oqibatlarini o‘z zimmasiga olishga majbur qildi. Bu qishda oddiy yevropaliklarning uylarida qattiq sovuq bo‘ladi”, deya RIA Novosti Medvedevning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda.
Shuningdek, u Yevropa va AQShdagi inflyatsiya hamda Yevropa Ittifoqi va AQSh kompaniyalari Rossiya iqtisodiyotiga kiritgan ko‘p milliard dollarlik sarmoyalarini yo‘qotganliklarida Rossiya aybdor emasligini qo‘shimcha qildi.