Chilla avjida: harorat +47 darajagacha ko‘tariladi

Respublikaning shimol, janub va cho‘l hududlarining ba’zi joylarida +47 darajagacha ko‘tariladi.
Sputnik
TOShKENT, 21-iyul — Sputnik. Bugun O‘zbekistonda xavo harorati +47 darajagacha ko‘tariladi. Bu haqida O‘zgidromet xabar berdi.
21 iyul kunduz kuni respublika bo‘yicha quruq va issiq ob-havo saqlanib turadi. Ba’zi joylarda shamol chang-to‘zonlar bilan 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin.
Farg‘ona viloyatining tog‘oldi va tog‘li hududlarida glyatsial (muz) sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
Havo harorati +40...+45 daraja, shimol, janub va cho‘l hududlarining ba’zi joylarida +47 darajagacha ko‘tariladi.
Toshkentda havo quyoshli bo‘ladi. Maksimal harorati +41...+43 darajaga yetadi.
Tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda shamol 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlari kuzatilishi mumkin. Havo harorati 32-37 daraja bo‘ladi.
Jaziramadan saqlanish uchun foydali tavsiyalar