Anomal issiq elektr ta’minotiga ta’sir o‘tkazmoqda - Energetika vazirligi

Hududlarda transformator punktlari hamda kabel tarmoqlarida iste’mol yuklamasi ortishi sababli nosozliklar kuzatilmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 21-iyul — Sputnik. Anomal issiq tufayli ayrim hududlardagi elektr ta’minotida nosozliklar yuzaga kelmoqda. Bu haqida Energetika vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, yuzaga kelayotgan nosozliklar maxsus brigadalar tomonidan zudlik bilan bartaraf etilmoqda.
“Nosozliklar ayrim joylardagi transformator punktlari hamda kabel tarmoqlarida iste’mol yuklamasi ortishi sababli kuzatilmoqda”, deyiladi xabarda.
Ushbu elektr tarmoqlaridagi favqulodda holatlarni oldini olish va ularni bartaraf etish maqsadida hududlar bo‘ylab tunu-kun ishlaydigan 227 ta avariyaga qarshi maxsus brigadalar tashkil etilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq vazirlik fuqarolardan anomal issiq kunlarda elektr energiyasidan imkon qadar tejamkorlik bilan foydalanishlarini so‘ragandi.
Barcha elektr stansiyalarda 24 soatlik navbatchilik guruhlari tashkil etildi.
Iste’molchilar elektr energiyasi ta’minoti yuzasidan savollar yuzaga kelganda 11-54 qisqa raqami yoki Telegram’dagi (@HET_admin) adminstratorga murojaat qilishlari mumkin.