Madridda soyabon ostida ham quyoshdan qochib qutila olmaysiz.
Ko‘llar va darolarni geologik buzilishlar, yog‘ingarchilikning kamayishi va haddan tashqari issiqlik kabi omillar kombinatsiyasi quritmoqda.
Politsiya xodimi ayiq terisidan yasalgan milliy qalpoq kiygan britaniyalik askarga suv bermoqda. U Bukingem saroyida qo‘riqchilik qiladi.
Anomal issiq o‘rmon yong‘inlariga sabab bo‘ldi. Biroq, bu fransuzlarning suzishiga to‘sqinlik qilmaydi. Bu salqinlashning yagona yo‘li. Ayni paytda 8 mingga yaqin inson o‘z uyini tark etishga majbur bo‘ldi.
O‘t o‘chiruvchilar Ispaniya shimolidagi o‘rmon yong‘inini o‘chirishga harakat qilmoqda.
Yevropa yong‘in va jaziramadan eriyotgan bir paytda, erkak quyoshdan himoyalanish kremini surmoqda, ayol esa shezlongni tayyorlamoqda.
Shveysariyaliklar ham suvda issiqlikdan saqlanmoqda.
Favvoralardagi suv ham salqinlashga yordam beradi.
Ularda oyoqlarni namlash mumkin. Masalan, bu ayollar London markazidagi Trafalgar maydonida ana shunday qilishmoqda.