Rossiya NATOni Ukrainada to‘xtatmaganida, u Qrim bahonasida urush boshlardi – Xomanaiy

Agar Rossiya NATOning Ukrainadagi harakatlarini to‘xtatmaganida, biroz vaqt o‘tgach, alyans Qrim bahonasida urush boshlagan bo‘lardi, dedi Oyatulloh Ali Homanaiy.
Sputnik
TOShKENT, 20-iyul — Sputnik. Agar Rossiya NATOning Ukrainadagi harakatlarini to‘xtatmaganida, biroz vaqt o‘tgach, alyans Qrim bahonasida urush boshlagan bo‘lardi, dedi Eronning diniy yetakchisi va Oliy rahbari Oyatulloh Ali Xomanaiy Putin bilan muzokaralar chog‘ida.

“Agar NATO uchun yo‘l ochiq bo‘lsa, u chegaralarni ko‘rmaydi. Agar ittifoq (Shimoliy Atlantika alyansi) Ukrainada to‘xtatilmaganida edi, biroz vaqt o‘tgach, u Qrim bahonasida urush boshlagan bo‘lardi“, - deya uning so‘zlaridan iqtibos keltirdi “Fars” agentligi.

Xomanaiy “G‘arbning aldamchi harakatlari munosabati bilan hushorlikka chaqirdi”.
“Amerikaliklar kuchli va ayyor. SSSR parchalanishiga sabab bo‘lgan omillardan biri amerikalik siyosatchilarning aldovi bo‘ldi, biroq Rossiya o‘z mustaqilligini saqlab qolishga muvaffaq bo‘ldi”, - deya qo‘shimcha qildi u.
24 fevral kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Donbass respublikalari rahbarlarining yordam so‘rab murojaatiga javoban Ukrainada maxsus harbiy operatsiya o‘tkazilishini ma’lum qildi. Asosiy maqsadlar – chegaradosh mamlakatning harbiy infratuzilmalari (demilitarizatsiya) va u yerdagi natsizmni (denatsifikatsiya) yo‘q qilish (uni bosish olish rejada yo‘q), Kiyev rejimi ko‘p yillardan buyon tahqirlab va genotsid qilib kelayotgan Donbass aholisini himoya qilish.