Ranil Vikramasingxe Shri-Lankaning yangi prezidenti bo‘ldi

Shri-Lanka parlamenti Ranil Vikramasingxeni mamlakat prezidenti etib sayladi.
Sputnik
TOShKENT, 20-iyul — Sputnik. Shri-Lanka prezidenti vazifasini bajaruvchi Ranil Vikremesingxe parlamentda ovoz berish natijasiga ko‘ra, mamlakat rahbari etib saylandi. Bu haqda saylovda sanoq komissiyasiga raislik qilgan Shri-Lanka parlamenti bosh kotibi Dxammika Dasanayake ma’lum qildi, deb yozadi RIA Novosti.
“Ovoz berish natijalariga ko‘ra, Ranil Vikremesingxe Shri-Lanka Demokratik Sotsialistik Respublikasining sakkizinchi prezidenti etib saylandi”, deydi sanoq komissiyasi raisi.
Shri-Lanka konstitutsiyasi va prezidentlik saylovlari to‘g‘risidagi qonunlarda muvofiq, prezident vakolat muddati tugagunga qadar iste’foga chiqqan taqdirda, umumilliy prezident saylovlari o‘tkazilmaydi. Uning o‘rniga parlament deputatlarining 50 foiz yoki undan yuqori ovozini tuplagan nomzod prezident etib saylanadi.
Ma’lumot uchun, Ranil Vikremesingxe 73 yoshda. U o‘zining siyosiy faoliyatida olti marta bosh vazir lavozimida ishlagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shri-Lankada norozilik namoyishlari ortidan prezident Gotabaya Rajapaksa iste’foga chiqib mamlakatni tark etdi. Shundan so‘ng bosh vazir Ranil Vikramasingxe davlat rahbari vakolatlariga ega bo‘lgandi.