TOShKENT, 20-iyul – Sputnik. Rossiyadan neft yetkazib berishga cheklovlar joriy etilgan taqdirda uning narxi keskin oshadi. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin Tehrondagi Ostona sammiti yakunlari bo‘yicha jurnalistlarga ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, G‘arb neft masalasida gaz bilan bo‘lgani bir xatoni qayta takrorlaydi.
“Hozir biz Rossiya nefti hajmini cheklash, Rossiya neftining narxini cheklash haqida har xil yolg‘on fikrlarni eshitapmiz. Bularning barchasi xuddi gaz bilan sodir bo‘layotgan narsa”, - dedi Putin.
U tegishli takliflar “oliy ma’lumotli odamlar” tomonidan berilayotganidan hayratda ekanini yashirmadi.
“Natija - narxlarning ko‘tarilishi bir xil bo‘ladi [gaz bilan]. Neft narxi osmonga ko‘tariladi”, - deb ta’kidladi Rossiya rahbari.
Avvalroq Yevropa embargoga qadar Rossiyadan ko‘proq neft olishga shoshilayotgani haqida xabar berilgan edi.