TOShKENT, 20-iyul — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Eron rahbari Ibrohim Raisi bilan iqtisodiyotni batafsil muhokama qilganini ma’lum qildi. Bundan tashqari, yetakchilar milliy valyutalardan foydalanishga o‘tishga kelishib oldi.
“Eron prezidenti Raisi bilan suhbatda siyosiy va iqtisodiy sohalardagi ikki tomonlama hamkorlikning o‘ziga xos jihatlarini batafsil muhokama qildik. Biz energetika, sanoat va transport sohasidagi hamkorlikni mustahkamlashga alohida e’tibor qaratdik”, dedi Putin Rossiya, Eron va Turkiya uch tomonlama sammit yakunlari bo‘yicha.
Putin, shuningdek, Raisi bilan yirik qo‘shma loyihalarni amalga oshirish hamda Rossiya va Eron o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri hisob-kitoblarda milliy valyutalardan foydalanishni faollashtirish bo‘yicha kelishib olganini qayd etdi.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 19-iyul kuni Eron poytaxti Tehronda Rossiya prezidenti Vladimir Putin, Eron rahbari Ibrohim Raisiy va Turkiya yetakchisi Rajab Tayyip Erdog‘an “Ostona formati” sammitida doirasida uch tomonlama muzokara o‘tkazdi.