Gazli va gazsiz suv ishlab chiqarish hajmi oshdi

Mamlakat xorijdan 47 mln litr salqin ichimliklar import qilgan.
Sputnik
TOShKENT, 20-iyul — Sputnik. Yanvar-iyun oylarida O‘zbekistonda yirik sanoat korxonalari tomonidan 279 mln litr mineral gazli va gazsiz suvlar ishlab chiqarilgan. Bu haqida Davlat statistika qo‘mitasi xabar berdi.
Aytilishicha, o‘tgan yili mamlakatda barcha sanoat korxonalari tomonidan 801,2 mln litr mineral gazli va gazsiz suvlar ishlab chiqarilgan.
Bu 2020-yilga nisbatan solishtirilganda 44,8 % ga oshgan.
Qolaversa, shu yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekiston xorijdan 47 mln litr salqin ichimliklar import qilgan.