Yertut inson organizmiga ijobiy ta’sir qiladi. Sputnik Belarus ushbu mo‘jizaviy mevaning salomatlikka foydasi haqida ma’lum qildi
Tabiiy og‘riq qoldiruvchi
Mazali va shirin ekanligi bilan bir qatorda yertut aspirinning o‘rnini bosa oladi va tabiiy og‘riq qoldiruvchi hisoblanadi.
Teri salomatligini saqlaydi
Yertut tarkibida mis ko‘p. Mis esa teri to‘kimalarining elastikligini ta’minlaydigan moddalarni ko‘p ishlab chiqaradigan katalizator bor. Albatta, ancha chuqur ajinlarni yertut yashira olmasligi umkin, ammo yuz terisi ancha sog‘lom va yosh ko‘rinadi. Meva ayniqsa ko‘p jismoniy mashklar bilan mushaklarini zshriqtiradiganlar uchun tavsiya etiladi.
Vitaminlar kompleksi
Mittigina yertut tarkibida qanchadan qancha mikro va makroelementlar va vitaminlar serob. Ular orasida foliy kislotasi, V guruhi vitaminlaring deyarli barchasi, askorbin kislotasi va organik kislotalar bor. Agar yertutni tez-tez iste’mol qilsangiz, kuchsiz immunitet haqida qayg‘urishga hojat qolmaydi. Ta’kidlanishicha, yovvoyi yertut bog‘da yetishtirilgan yertutga qaraganda ancha foydali.
Shuningdek, boshqa meva va sabzavotlarga qaraganda, yertut muzlatilganda barcha foydali vitaminlarini o‘zida saqlab qoladi. Shuning uchun qish fasli uchun bemalol saqlab qo‘ysa bo‘ladi.
Tabiiy antiseptik
Ko‘plab tadqiqotlarga ko‘ra, yertut yallig‘lanishga qarshi, antiseptik ta’sirga ega. Shuning uchun u og‘iz bo‘shlig‘i va hiqildoqdagi turli yaralarni tezda davolash uchun yaxshi vosita. Shuningdek, u past kislotali gastritda bezovtaliklarni bartaraf etadi.
Zarari bormi?
Yertut kuchli allergiya qo‘zg‘atuvchi bo‘lganligi sababli, teri toshmalariga sezgir insonlar uni ehtiyotkorlik bilan iste’mol qilganlari ma’qul.