TOShKENT, 20-iyul — Sputnik. 2022 yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekiston bo‘yicha jami 108 934 ta nikoh holatlari qayd etilgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Statqo‘mga ko‘ra, nikohlar soni o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 10 062 taga kam.
Hududlar kesimida olib qaralganda eng ko‘p nikohlar Samarqand (11 513 ta), Farg‘ona (10 792 ta) va Qashqadaryo (10 798 ta) viloyatlarida tuzilgan.
Surxondaryo viloyatida – 9 573 ta, Toshkent shahrida – 9 315 ta, Toshkent viloyatida – 9 040 ta, Andijon viloyatida – 8 999 ta, Xorazm viloyati – 8 074 ta, Qoraqalpog‘istonda – 7 314 ta va Namangan viloyatida 7 054 ta nikoh qayd etilgan.
Shuningdek, Buxoro viloyatida 6 531 ta, Jizzax viloyatida 4 148 ta, Navoiy viloyatida 3 039 ta, Sirdaryo viloyatida esa 2 744 ta oila qurilgan.