BMT ommaviy ocharchilik haqida ogohlantirdi

Birlashgan Millatlar Tashkiloti vakili kelasi yil bu borada joriy yilgidan ham yomon bo‘lishi mumkinligidan ogohlantirdi.
Sputnik
TOShKENT, 20-iyul – Sputnik. Jahon hamjamiyati hozirgi oziq-ovqat inqiroziga e’tibor bermasa, ommaviy ocharchilik, u siyosiy beqarorlik va nazoratsiz migratsiya xavfi ostida qoladi. Bu haqda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Jahon oziq-ovqat dasturi ijrochi direktori Devid Bizli ma’lum qildi.

Biz hozir misli ko‘rilmagan inqirozga duch kelyapmiz va agar uni strategik va samarali hal qilmasak, ommaviy ocharchilik, o‘nlab mamlakatlarning beqarorlashuvi va ommaviy migratsiyaga duch kelamiz, - degan Bizli.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti vakili kelasi yil bu borada joriy yilgidan “juda yomonroq” bo‘lishi mumkinligidan ogohlantirgan. Shuningdek, u jahon hamjamiyati yaqin 6-12 oy ichida oziq-ovqat narxi oshishi sababli qiyinchiliklarga duch kelishini tan olgan. Uning ta’kidlashicha, shundan keyin muammo hal etilmasa, dunyoni oziq-ovqat taqchilligi bosib ketishi mumkin.
Bizlining so‘zlariga ko‘ra, vaziyat boshqa narsalar qatori Rossiya va Belarusdan jahon bozorlariga o‘g‘itlar yetkazib berishdagi cheklovlar tufayli ham og‘irlashmoqda.