TOShKENT, 19-iyul — Sputnik. Xerson viloyati hududida deyarli barcha ukrain qo‘poruvchi razvedka guruhlari yo‘q qilindi, ularning sheriklari qamoqqa jo‘natildi. Bu haqda viloyat harbiy-fuqarolik ma’muriyati rahbari o‘rinbosari Kirill Stremousov ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Xerson viloyati hududiga o‘tishni va osuda hayotga tajovuz qilmoqchi bo‘lgan yangi guruhlarga chora ko‘riladi.
Stremousov alohini Ukraina propagandasining Ukraina qo‘shinlari hujum boshlagani va mintaqa ustidan o‘z nazoratini o‘rnatgani haqidagi yolg‘on bayonotlariga ishonmaslikka chaqirgan.
Eslatib o‘tamiz, maxsus harbiy operatsiya davomida Rossiya harbiylari Ukraina janubidagi Xerson va Zaporojye viloyatining Azov qismini nazorat ostiga oldi. Hududlarda harbiy-fuqarolik boshqaruvi tuzildi, Rossiya telekanallari va radiostansiyalari efirga chiqa boshladi, Qrim bilan savdo aloqalari tiklanmoqda. Hududlar Rossiya subyektlari bo‘lish rejalari borligini ma’lum qilishgan.