“Utair” Ufadan Toshkentga yangi reyslarni yo‘lga qo‘ydi

Endi “Utair” aviakompaniyasi samolyotlari Ufadan Toshkentga uchadi.
Sputnik
TOShKENT, 19-iyul — Sputnik. Rossiyaning “Utair” aviakompaniyasi Toshkent-Ufa o‘rtasida yangi reyslarni yo‘lga qo‘ydi. Bu haqda aviakompaniya matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, iyul oyining oxirigacha Boshqirdiston poytaxtiga haftada bir marta reys amalga oshiriladi. Avgust oyidan boshlab reyslari soniga ikkitaga yetadi.
Iyul oyidan boshlab samolyot har payshanba kuni soat 21:55 da Ufadan, har juma kuni soat 01:45 Toshkentdan uchadi.
Avgust oyida esa Ufadan reyslar payshanba va juma kunlari soat 21:55 da, Toshkentdan juma va shanba kunlari soat 01:45 da amalga oshiriladi.
Chiptalar narxi utair.ru saytida 7 603 rubldan boshlanadi. (O‘zbekiston Markaziy banki kursi bo‘yicha 1,47 million so‘m).
“Joriy yozda biz O‘zbekistonga parvozlar geografiyasini sezilarli darajada kengaytirdik. “Utair”ning parvozlar jadvaliga Moskva, Sankt-Peterburg, Surgut, Tumen va Ufadan Toshkentga parvozlar kiritilgan. Shuningdek, Moskvadan Buxoro, Samarqand va Farg‘onaga uchish mumkin. Biz Rossiyaning yirik mintaqaviy markazlaridan O‘zbekistonga yangi reyslarni yo‘lga qo‘yish imkoniyatlarini ko‘rib chiqapmiz”, deydi “Utair” yo‘lovchi aviakompaniyasi rahbari Oleg Semenov.
Eslatib o‘tamiz, aprel oyida “Utair” aviakompaniyasi Toshkentdan Tumen va Surgutga, iyun oyida esa Moskvadan Samarqandga muntazam reyslarni yo‘lga qo‘ygan edi.